O‘zbekiston yuk mashinalari Turkiyaga bemalol kirishi mumkin
Jamiyat
−
16 avgust 2019 3878 1 daqiqa
Turkiya transport va infratuzilmasi vazirligi tomonidan har yili taqdim yetiladigan kvotalar me’yorida O‘zbekiston Respublikasi davlat raqamli yuk transport vositalariga Turkiya davlatining erkin iqtisodiy zonalari va portlariga kirishga hamda yuk ortishga ruxsat berish bo‘yicha Turkiya Prezidentining Qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va transport vositalariga katta qulaylik yaratib, yuk tashish hajmining oshishiga xizmat qiladi.
Live
Barchasi