O‘zbekiston yana Eron bilan o‘ynaydi
Sport
−
12:29 2066 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning sentyabr-oktyabr oylaridagi FIFA kunlari doirasida Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Bu haqda Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj ma’lum qildi.
Federatsiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga qarshi bahsni Toshkentda o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
“Joriy yilning 21 sentyabrdan 6 oktyabrgacha FIFA kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu davrda 3 ta o‘yinda ishtirok etamiz. Hozircha O‘zbekiston va Rossiya bilan o‘ynashimiz aniq. 3 ta uchrashuvimiz 3 xil mamlakatda bo‘lib o‘tadi. Keyingi FIFA kunlarida Iroqqa borib, u yerdagi turnirda ishtirok etamiz”, degan Mehdi Toj.
Avvalroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ham jahon chempionatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Eron terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar davom etayotganini ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan so‘ngi 3 yilda 7 marta to‘qnash kelgan. Shularning 2 tasida O‘zbekiston g‘alaba qozongan, Eron esa 1 ta uchrashuvda zafar quchgan bo‘lsa, qolgan uchrashuvlarda durang qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreya bilan ham o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi