O‘zbekiston yana bir xalqaro musobaqa mezboniga aylanishi kutilmoqda
Sport
−
02 iyul 2019
3770Joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekiston yana bir xalqaro musobaqa mezboniga aylanishi kutilmoqda.
O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi Matbuot xizmatining QALAMPIR.UZ muxbiriga ma’lum qilishicha, kuz faslida Butunjahon etnosport konfederatsiyasi bilan hamkorlikda Xorazmviloyatining Xiva shahrida etnosport bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqa tashkillashtirilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, etnosport har bir millat va xalqning qadimiy sport turlarini o‘zida mujassam etgan sport turi hisoblanadi. Ayni paytda O‘zbekistonda bu sport turining rivoji uchun O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilyapti.
Hozirda nufuzli musobaqani yuqori saviyada tashkillashtirish bo‘yicha maxsus komissiya ish olib bormoqda.
Ma’lumot uchun Butunjahon etnosport konfederatsiyasi prezidenti Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bo‘lib, u Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning o‘g‘li hisoblanadi.
LiveBarchasi