Mirziyoyev MOQ raisi, Umarov esa uning 1-o‘rinbosari bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 25 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi va unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surildi va bir ovozdan saylandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Shuningdek, Bosh assambleya MOQ raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Otabek Umarovni, rais o‘rinbosari lavozimiga Sherzod Toshmatovni, qo‘mita bosh kotibi lavozimiga Oybek Qosimovni sayladi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Sport vaziri Adham Ikramov, Bosh assambleya a’zolari, shuningdek, federatsiya va assotsiatsiyalarning mas’ullari ham qatnashdi.


Maqola muallifi

Teglar

MOQ Shavkat Mirziyoev Otabek Umarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing