O‘zbekiston yana baxtli mamlakatlar reytingida pastladi

Jamiyat

image

BMTning dunyo mamlakatlari farovonligi darajasini o‘rganuvchi markazi baxtlilik reytingi – “The World Happiness Report 2021”ni e’lon qildi. 146 mamlakatni o‘z ichiga olgan mazkur reytingda O‘zbekiston 53-o‘rinni egalladi. 

Reytingni tuzishda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot darajasi, umr ko‘rish davomiyligi, ish bilan ta’minlanganlik darajasi, fuqarolik erkinliklarining mavjudligi, xavfsizlik, kelajakka ishonch hissi, oilalar mustahkamligi va korrupsiya darajasi hisobga olingan.

Finlyandiya ketma-ket beshinchi marta reytingda birinchi o‘rinni egalladi. Kuchli beshlikka Daniya, Islandiya, Shveysariya va Niderlandiya ham kirdi.

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 40, Qirg‘iziston 64, Tojikiston 78, Turkmaniston 83-o‘rinni band qildi.

Reytingning eng oxirgi o‘rinlarini Botsvana (142) Ruanda (143), Zimbabve (144), Livan (145) va Afg‘oniston (146) egalladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2021 yilda ushbu reytingda 42-o‘rinni, 2020 yilda 38-o‘rinni, 2019 yilda esa 41-o‘rinni band qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

694

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing