O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida pastladi

Jamiyat

image

BMTning dunyo mamlakatlari farovonligi darajasini o‘rganuvchi markazi baxtlilik reytingi – The World Happiness Report 2021 ni e’lon qildi. 149 mamlakatni o‘z ichiga olgan mazkur reytingda O‘zbekiston 42-o‘rinni egalladi. Reytingda O‘zbekistondan oldinda Panama (41-o‘rin), undan keyin esa Chili (43-o‘rin) joy olgan.

Reytingda qatorasiga to‘rtinchi bor Finlyandiya yetakchilik qilmoqda. Baxtli mamlakatlar yuqori o‘ntaligidan shuningdek, Daniya, Shveysariya, Islandiya, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Lyuksemburg, Yangi Zelandiya va Avstriya joy oldi. 

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 45, Qirg‘iziston 67, Tojikiston 78, Turkmaniston 97-o‘rinni band qildi.

Reytingning eng oxirgi o‘rinlarini Ruanda (147), Zimbabve (148) va Afg‘oniston (149) egalladi.

Ma’lumott uchun, O‘zbekiston 2020 yilda ushbu reytingda 38-o‘rinni egallagandi. 2019 yilda esa 41-o‘rinni band qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

307

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing