O‘zbekiston YAIM o‘sishi Rossiyadan pul kelishi qisqarishi tufayli sekinlashadi – OTB

Jamiyat

image

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2022 yilda atigi 4 foizga, 2023 yilda esa 4,5 foizga o‘sishini bashorat qildi. Bu haqda OTB saytida e’lon qilingan xabarda aytilgan.

O‘zbekiston iqtisodining o‘sish sur’ati 2022 yilda Rossiya Federatsiyasidan investitsiyalar va pul o‘tkazmalarining qisqarishi tufayli sekinlashishi kutilmoqda, keyin esa 2023 yilda biroz oshadi, “yashil” moliya esa mamlakatning yashil iqtisodiyotga o‘tishini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2022 yilda 4 foizga o‘sishi kutilmoqda, bu o‘tgan yilgi 7,4 foiz o‘sishdan pasaygan, chunki xususiy iste’molning cheklanishi sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘sishni to‘xtatmoqda.

“COVID-19 ning misli ko‘rilmagan ta’siriga qaramay, O‘zbekistonda 2021-yilda o‘sishda kuchli tiklanish kuzatildi, bu asosan sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarining kengayishi hisobiga kuzatildi”, deydi OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sindi Malvichini.

2021 yilda to‘qimachilik, oziq-ovqat va tog‘-kon sanoatida kuchli tiklanishdan so‘ng sanoatdagi o‘sish 2022 yilda 5 foizgacha sekinlashishi va 2023 yilda yana 5,5 foizgacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Fitch Ratings” agentligi joriy yilda O‘zbekistonning real iqtisodiy o‘sish sur’ati prognozini 3,1 foizgacha pasaytirib, mamlakat suveren kredit reytingini VV- (barqaror kutilma) darajada baholagandi.


Maqola muallifi

Teglar

iqtisodiyot YaIM OTB

Baholaganlar

78

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing