O‘zbekiston Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga a’zoligini tikladi
Jamiyat
−
27 noyabr 2020
2519Joriy yilning 23 noyabr kuni Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (YATBI, Dubna, Rossiya) a’zo davlatlari Muxtor vakillar qoo‘mitasining yillik sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Ushbu yig‘ilish kun tartibiga qo‘yilgan masalalardan biri O‘zbekiston Respublikasining Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga to‘laqonli a’zoligini tiklash masalasi bo‘lib, mazkur masala bo‘yicha Qo‘mita a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasini Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga to‘laqonli a’zoligini 2021 yil 1 yanvardan tiklash qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining YATBIga to‘laqonli a’zoligi mahalliy mutaxassislarni yirik xalqaro loyihalarda ishtirok etishini hamda yadro texnologiyalari, yadroviy tibbiyot, axborot texnologiyalari va materialshunoslik yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi.
Ma’lumot o‘rnida, hozirda Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga 18 ta davlat – Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Bolgariya, Vetnam, Gruziya, Qozog‘iston, KHDR, Kuba, Moldova, Mo‘g‘uliston, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Slovakiya, O‘zbekiston, Ukraina, Chexiya ta’sischi-a’zo bo‘lgan.
Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti – bu yirik xalqaro hukumatlararo tashkilot, dunyoga mashhur ilmiy markaz boʼlib, u eng yangi texnologiyalar rivojlantirish va qoʼllash bilan fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvaffaqiyatli birlashtirishning noyob namunasidir. Jahon ilmiy hamjamiyatida mazkur Institutning reytingda juda yuqori.
LiveBarchasi