O‘zbekiston vakillari “The Best” mukofoti uchun kimlarga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 16 dekabr kuni kechqurun Qatar poytaxti Dohadagi Fairmont Katara zalida yilning eng yaxshilarini taqdirlovchi FIFA “The Best” mukofoti topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sovrin uchun ovoz berish jarayonlarida qatnashgan O‘zbekiston vakillari kimlarga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ovoz berishda Usmon Dembeleni birinchi o‘ringa loyiq ko‘rgan. Ikkinchi o‘ringa Lamin Yamal va uchinchi o‘ringa Vitinya nomzodi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov esa Rafinyani birinchi o‘ringa loyiq ko‘rgan. Usmon Dembele va Lamin Yamalni undan keyingi o‘rinlarga belgilagan.

Jurnalist va futbol sharhlovchisi Davron Fayziyev esa eng yuqori bahoni Usmon Dembelaga bergan. Uning reytingida ikkinchi o‘rinni Lamin Yamal, uchinchi o‘rinni esa Rafinya egallagan.

Eslatib o‘tamiz, PSJ hujumchisi Usmon Dembele FIFA “The Best” taqdirlash marosimida 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov The Best Fabio Kannavaro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing