O‘zbekiston vakillari Paraosiyo o‘yinlarida 9-oltin medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
06 dekabr 2021 2999 1 daqiqa
Kecha, 5 dekabr kuni Bahrayn mamlakati mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlarining ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 5 ta oltin medalga ega chiqishdi.
Qit’a o‘yinlarining para taekvondo bahslarida 58 kg vazn toifasida ishtirok etgan Qudratillo Shonazarov hamda 70 kg vazn toifasida Asilbek Husanov oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, 63 kg vazn toifasida Qudrat Haydarov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, para pauerlifting bahslarining 59 kg vazn toifasida Odiljon Yoqubov 115 kg toshni bo‘ysundirgan holda birinchi o‘rinni egalladi. Ayollar o‘rtasida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan Dildora Nurilloyeva (45 kg), hamda Ozoda Olimova (55 kg) ham Paraosiyo chempioni bo‘ldi.

Para yengil atletika bahslarining “F 46” klassida nayza uloqtirish bo‘yicha 42.45 metr natija ko‘rsatgan Furqat Ne’matov bronza medaliga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, “F 34” klassida ayollar o‘rtasida disk uloqtirish bo‘yicha Diyora Anvarova kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu natijalardan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 16 taga yetdi – 9 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza.
Live
Barchasi