O‘zbekiston va Yaponiya aloqalari yangi darajaga ko‘tarildi
Jamiyat
−
20 dekabr 861 2 daqiqa
O‘zbekiston va Yaponiya munosabatlari kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. Bu haqda bugun, 20 dekabr kuni “Kantey” qarorgohida o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining muzokaralarida ma’lum qilindi.
Bosh vazir Takaichi Prezident Mirziyoyevning so‘nggi olti yil ichida Yaponiyaga qilgan ilk tashrifini qutlab, ikki davlat munosabatlari “kelajak avlodlar uchun kengaytirilgan strategik sheriklik” darajasiga ko‘tarilganini ta’kidladi. U xalqaro huquq ustuvorligiga asoslangan erkin va ochiq xalqaro tartibni saqlash va mustahkamlashda O‘zbekiston bilan strategik sherik sifatida munosabatlarni yanada rivojlantirish istagini bildirdi.
Prezident Mirziyoyev Yaponiyaning O‘zbekistonda modernizatsiya va inson resurslarini rivojlantirishga qaratilgan ko‘p yillik yordami uchun chuqur minnatdorlik bildirdi, shuningdek, yapon kompaniyalarining O‘zbekistondagi faol ishtirokini olqishlab, biznes muhitini yaxshilash kabi choralar orqali iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish istagini bildirdi.
Yakunda O‘zbekiston Prezidenti va Yaponiya Bosh vaziri Kelgusi avlodlar uchun kengaytirilgan strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladilar. Ushbu hujjat, shubhasiz, munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishi va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar ochishi ta’kidlandi.
Tashrif doirasida ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, suv resurslari, transport, shaharsozlik, turizm, qishloq xo‘jaligi, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohalarida salmoqli kelishuvlar to‘plami qabul qilindi. Ushbu hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Live
Barchasi