O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yo‘lovchilar uchun muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston transport vazirligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ayni kunlarda Anqara shahrida Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha o‘zbek-turk qo‘shma komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti. Ushbu yig‘ilish Turkiyaning transport va infratuzilma vazirligida bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi vakillari ishtirokida davlatlar o‘rtasida xalqaro yuk tashish hajmini oshirish, bu yo‘nalishda o‘zaro ruxsatnomalar berish tartibini takomillashtirish, yuk tashuvlari bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni o‘zaro almashish tizimini yo‘lga qo‘yish va ikki davlat o‘rtasida muntazam avtobus yo‘nalishlarini ochish kabi masalalar muhokama etilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya Transport vazirligi

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing