O‘zbekiston va Tojikiston chegara masalasida uchrashuv o‘tkazdi
Jamiyat
−
28 Oktabr 2019
3566Joriy yilning 24-27-oktyabr kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasini demarkatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish bo‘yicha ikki davlat delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasini demarkatsiya qilishning normativ-huquqiy va texnik hujjatlari loyihalari hamda 2020 yildagi uchrashuvlarning reja-jadvali kelishib olindi.
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarni tasdiqlash uchun Qo‘shma demarkatsiya komissiyasiga kiritish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari To‘lqin Abdullayev va Tojikiston Respublikasi Yer boshqaruvi va geodeziya davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Azizmamad Karimzoda uchrashuv Bayonnomasini imzoladi.
Kelishuvga ko‘ra Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining birinchi yig‘ilishi O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladi.
LiveBarchasi