O‘zbekiston va Tojikiston aviaqatnovni tiklashga kelishib oldi
Jamiyat
−
22 oktabr 2020 7562 1 daqiqa
O‘zbekiston va Tojikiston Hukumatlari Toshkent – Dushanbe yo‘nalishida muntazam reyslarni tiklashga kelishib oldi. Bu haqda “Aziya-Plyus” xabar berdi.
“Bugungi kunda aviaaloqani tiklashning aniq sanasi, ikki davlat poytaxtlari o‘rtasidashi parvozlarning jadvali kelishilyapti”, degan Tojikiston Hukumatidagi manba.
Toshkent va Dushanbe o‘rtasida aviaqatnovlar joriy yilning 16 mart kuni to‘xtatilgandi. Bundan tashqari, O‘zbekiston shu kundan boshlab Tojikiston bilan quruqlikdagi chegaralarini ham yopgandi.
Avvalroq, O‘zbekiston aviaaloqani tiklash taklifi bilan chiqqani, ammo Tojikiston tomoni bu masalada aniq qarorga kelmagani xabar qilingandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust