O‘zbekiston va Ozarbayjon Jahon chempionati mezbonligi uchun ariza berdi
Sport
−
07 iyul 10976 1 daqiqa
O‘zbekiston va Ozarbayjon 2027 yilgi U-20 Jahon chempionatini birgalikda o‘tkazish bo‘yicha FIFA'ga ariza yubordi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, FIFA 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan U-20 Jahon chempionati mezbonligiga nomzodlarni ko‘rib chiqishni boshlagan. So‘nggi yillarda turkiyzabon mamlakatlarda futbol sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan sharoitlar hamda xalqaro maydondagi nufuzdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston va Ozarbayjon futbol uyushmalari yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati mezbonligini yuqori saviyada o‘tkazishga ishonch bildirgan holda o‘z qo‘shma nomzodini ilgari surdi.
Bildirilishicha, bugungi kunda Ozarbayjon bilan birga O‘zbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor. So‘nggi yillarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirilgan.
“Qo‘shimcha ravishda, Osiyoning U-20, U-23 turnirlari, Markaziy Osiyo tarixida ilk bor o‘tkazilgan futzal bo‘yicha Jahon chempionati mezbonligi katta tajriba vazifasini o‘tadi. Ushbu mezbonlik FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan tarixdagi eng yaxshi mundial sifatida e’tirof etildi.Yurtimiz har doimgidek o‘zining mehmondo‘stligi, professional yondashuvi, futbolga fidoyiligi va, albatta, futbolsevar muxlislarning mehri bilan butun dunyo e’tiborini qozonishga tayyor”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr