O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida hukumatlararo qo‘shma komissiya faoliyati tiklanadi

Jamiyat

image

Bugun, 7 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda rasmiy Toshkent xabar bermoqda. 

Ikki mamlakat tashqi siyosati idoralari rahbarlari o‘rtasidagi suhbatda turli darajalarda bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama, jumladan O‘zbekistonning MDHda raisligi doirasida ko‘zda tutilgan tadbirlar jadvali va boshqa tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi. 

Vazirlar koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan yangi holatlarga qaramay, O‘zbekiston-Ozarbayjon ikki tomonlama aloqalari faol rivojlanib borayotgani, tovar aylanmasi joriy yilning yanvaridan iyuligacha 163 foizga o‘sganini alohida ta’kidlaganlar. 

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya faoliyatini tiklash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Ozarbayjon

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing