Mirziyoyev Ozarbayjonga boradi
Jamiyat
−
01 iyul 6499 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan joriy yilning 2-4 iyul kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 2-3 iyul kunlari Baku shahrida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida kooperatsiya va almashinuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti 4 iyul kuni Xonkendi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etadi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 26 aprel kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Bu uning bir oy ichida ikkinchi marta Aliyev bilan qilgan telefon suhbati edi.
Live
Barchasi