O‘zbekiston va Xitoy viza tartibini yengillashtirmoqchi

Olam

image

O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoy Xalq Respublikasi transport vaziri Li Syaopen bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi o‘z rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama etilgan. 

“Vazirlar "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish, Andijon –O‘sh – Irkeshtom – Qashg‘ar multimodal transport koridorini rivojlantirish, xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga vizalarni yengillashtirilgan tartibda berish, shuningdek, o‘zaro hamkorlikda yangi transport koridorlarini shakllantirish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama qildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, uchrashuvda qator vazifalarni amalga oshirish maqsadida ikki davlat ishchi guruhlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilishi kelishib olingan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Respublikasi ham XXR Raisi Si Szinpin bilan viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risidagi bitimni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Mashhura Imomova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

viza O'zbekiston Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing