O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?

Jamiyat

Avvalroq, Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolangani haqida xabar bergan edik. Xo‘sh, bular qanday hujjatlar edi? 

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov va Qozog‘iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vaziri Ruslan Dalenov Markaziy Osiyo savdo-iqtisodiy xalqaro markazni tashkil etish masalasi bo‘yicha idoralararo anglashuv memorandumini imzoladilar. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Jasur Akromov hamda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Beybut Atamkulov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan Qozog‘iston Respublikasi Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandumni imzoladilar. 

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov hamda Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vaziri Nurlan Yermikbayev havo hujumidan mudofaa sohasida hamkorlik to‘g‘risida idoralararo bitimni hamda ikki davlat harbiy aerodromlarida harbiy havo kemalarini qabul qilish, aerodrom texnik ta’minoti va harbiy havo kemalarini qo‘riqlash to‘g‘risida idoralararo bitimni imzoladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qudbiyev hamda Qozog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini muhofaza qilish vaziri Berdibek Safarbayev mehnatkash migrantlarning mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitimni imzoladilar. 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Beybut Atamkulov noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitimni, daromadlarga va mulkka ikki yoqlama soliq solinishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida bitim doirasida rezidentlikni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarni tan olish tartibi to‘g‘risida bitimni hamda ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim Jomart-Toqayev davlat rahbarlarining qo‘shma bayonotini imzoladilar. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qosim Jomart-Toqaev

Baholaganlar

10

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing