O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etish tashabbusi ma’qullandi. Korxona temiryo‘lning transafg‘on yo‘nalishini rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Bu haqda Oqo‘rda xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Qozog‘iston yetakchisi Qosim-Jomart To‘qayev o‘zaro muzokaralar chog‘ida Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni saqlash masalasiga alohida e’tibor qaratgan.

Shu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi oltinchi maslahat uchrashuviga tayyorgarlikning borishi, shuningdek, S5+ formatidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan.

Ikki davlat rahbarlari mintaqada o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Qozog‘iston va O‘zbekiston temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirgan. Bundan maqsad o‘zaro manfaatli asosda “Xitoy-Qozog‘iston-O‘zbekiston” yo‘nalishida yuk tashishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Mazkur loyiha o‘zaro savdoni rag‘batlantirish va yuk tashish hajmini oshirish, shuningdek, janubiy yo‘nalishda qulay shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi. Qo‘shma korxona temiryo‘lning transafg‘on yo‘nalishini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing