O‘zbekiston va Qirg‘izistonni bog‘lovchi yerosti tonneli topildi

Olam

image

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qora-Suv tumani Telman qishlog‘ida mamlakatni O‘zbekiston bilan bog‘lovchi yerosti tonneli topildi. Bu haqda mahalliy nashrlar Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib, xabar berdi.

Tonnelning chuqurligi 15 metr, tonnelga kirish qismi 1,8 metr, eni 1,5 metr, kirish joyidan chegara chizig‘igacha 40 metr, kirishdan chiqish qismigacha 270 metrni tashkil etadi.

Yuqoridagi tonnel aniqlangan “M.A.M.” uchastkasi egasi hozirda Jalol-Obod viloyati Qizil-Jar ruhiy kasalliklar shifoxonasida yotganligi sababli, uning aqli rasoligi bo‘yicha ikkinchi ekspertiza o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ayni paytda qurol-yarog‘ va jinoyat ashyolari olib qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qirg'iziston

Baholaganlar

5424

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing