O‘zbekiston o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparatlari ishlab chiqarishni boshlaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston kuzda o‘pkaning sun’iy ventilyatsiya qilish apparatlarini ishlab chiqirshni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova AOKAda o‘tkazilgan brifing vaqtida ma’lum qildi.

“Slovakiyaning "Chirana" kompaniyasi va rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparatlari (IVL) ishlab chiqarish bo‘yicha texnologiyalar transferi amalga oshirilmoqda.

Toshkent viloyati Bektemir tumanida o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparati va narkoz nafas olish apparati (NDA) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Chirana-Asia" Slovakiya-Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Loyihaning umumiy qiymati 6 mln dollarga teng. Koronavirus pandemiyasini hisobga olib, joriy yil may oyining oxiriga qadar korxonada IVL ishlab chiqarish boshlanadi.

IVL apparatlari dunyo bo‘yicha 12ta mamlakatda ishlab chiqariladi. “Xirana” kompaniyasining apparatlari boshqa kompaniya modellaridan farqli ravishda bir bosqichli emas, uch bosqichli ventilyatsiyani amalga oshiradi. 

Shu bilan birga, mazkur loyiha doirasida O‘zbekistonga umumiy qiymati 20 ming AQSH dollari bo‘lgan 1000 dona nafas olish konturlari, 500 dona namlik kollektori bilan nafas olish konturlari va 1000 dona bir martali bakterial-virusli filtrlar beg‘araz foydalanish uchun topshiriladi”, dedi vazirlik vakili.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha koronavirus infeksiyasi yuqtirganlar 1939 nafarni tashkil qilmoqda. Bemorlarning bemorlarning 958 nafari sog‘aygan va 8 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda IVL

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing