O‘zbekiston Ukrainadan shakar import qilishni keskin kamaytirgan

Jamiyat

image

O‘zbekiston Ukrainadan shakar import qilishni keskin kamaytirgan. Bu haqda Ukrainaning “Ukrsukor” shakar ishlab chiqaruvchilar milliy assotsiatsiyasi ma’lum qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina davlati mart oyida xorijga 30,2 ming tonna shakar eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich fevral oyiga nisbatan 12 foizga kamaygan.

“Ukrsukor” uyushmasi raisining o‘rinbosari Ruslan Butiloning ma’lum qilishicha, o‘tgan oyda Ukraina shakarining asosiy xaridorlari Ozarboyjon (17%) va Tojikiston (14%) bo‘lgan. Eksport hajmining 13%i O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

Bundan tashqari Ukraina Isroil (12%) va Qozog‘istonga (11%) ham katta miqdorda shakar yetkazib bergan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston shu paytga qadar Ukraina shakarining asosiy xaridori hisoblanar edi. O‘tgan yili Ukraina o‘z shakarining deyarli teng yarmini O‘zbekistonga eksport qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Ukraina

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing