Ukraina aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirishga ariza berdi

Olam

image

Ukrainaning “SkyUp Airlines” aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish huquqini so‘radi. Arzon narxlarda  parvozlarni amalga oshiruvchi aviakompaniya haftasiga ikki marta Kiyev-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat Davlat aviatsiya ma’muriyati ma’lum qildi. 

Arizada parvoz huquqini 2020 yil 1 iyuldan boshlab cheksiz muddatga berish so‘rovi ko‘rsatilgan.

Ukraina aviakompaniyasi tomonidan narxlar belgilashda demping (narxlarni qasddan pasaytirish-tahr.) amalga oshirilganligi sababli 2015 yil 5 maydan boshlab Kiyevga parvozlar to‘xtatilgan.

Ukraina tomonidan "Mejdunarodnыye avialinii Ukrainы" aviakompaniyasi ham parvozlarni to‘xtatib qo‘ydi. Bu mamlakatlar o‘rtasidagi yagona yo‘lovchi aviareysi bo‘lgan.

O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi aviareyslarni tiklashga urinish 2019 yil oktyabr oyida amalga oshirildi, ammo tomonlarning tushunmovchiligi tufayli muvaffaqiyatsiz tugadi.

Shu bilan birga, Ukraina elchixonasi mamlakat ikki mamlakat shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam havo qatnovini tiklashga oid o‘zaro manfaatli shartlarni muhokama qilish uchun o‘zbekistonlik sheriklar bilan rasmiy darajada konstruktiv muloqotga tayyorligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Ukraina SkyUp Airlines

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing