Zelenskiy O‘zbekistonga yangi elchini yo‘lladi

Jamiyat

image

Bugun, 1 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Nikolay Doroshenkoni qabul qildi. 

Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, Elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashdagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilagan. 

Uchrashuvda turli sohalardagi O‘zbekiston-Ukraina hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilingan. Savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, turizm, ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalardagi munosabatlarni rivojlantirishga alohida urg‘u berilgan.

Qo‘shma tadbirlarni, jumladan har tomonlama hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Ukraina Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan. 

Suhbat chog‘ida koronavirus pandemiyasi ikki tomonlama savdo aylanmasi ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston va Ukraina ishbilarmon doiralari, savdo-sanoat palatalari va hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi. 

Tomonlar qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishga, fan, texnika va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni faollashtirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilganlar. 

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilingani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Ukraina

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing