6 yillik tanaffusdan so‘ng Toshkent va Kiyev o‘rtasida muntazam parvozlar tiklanmoqda

Olam

image

SkyUp aviakompaniyasi joriy yilning yoz va kuz fasllarida Kiyev – Toshkent – Kiyev (Ukraina) yo‘nalishida qator parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniya Matbuot xizmati xabar bergan.

Parvozlar haftasiga bir marta, chorshanba kunlari amalga oshiriladi.

Kiyev – Toshkent reysi chiptalari narxi 240 dollar, Toshkent – Kiyev yo‘nalishida esa 290 dollar bo‘ladi.

Kompaniya O‘zbekiston hududiga kirish uchun chegarani kesib o‘tishdan oldin 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt oralig‘ida PSR-test natijasi bo‘lishi kerakligini eslatgan.

Shuningdek, 14 kun karantinda o‘tkazish to‘g‘risida majburiyatlar anketasini to‘ldirish ham muhim talablardan biri ekani ta’kidlangan. Bunda karantin muddatini o‘tash rejalashtirilgan manzil, mehmonxona ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida muntazam parvozlar 2015 yilda uzilib qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Ukraina

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing