O‘zbekiston uchun Para Osiyo o‘yinlari nihoyasiga yetdi

Sport

image

Bugun, 28 oktyabr kuni Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi 7 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa O‘zbekiston Para Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi. 

Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida T12 klassida 400 metrga yugurish bahslarida ishtirok etgan Yoqutxon Xolbekova yakunda delegatsiya hisobiga bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.

Para akademik eshkak eshish bo‘yicha PR1 M1X yo‘nalishida mamlakat sharafini himoya qilgan Xolmurod Egamberdiyev barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Para akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida yakkalik bahslarida ishtirok etgan Muhayyo Abdusattorova yakunda delegatsiya hisobiga bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Para akademik eshkak eshish bo‘yicha aralash juftlik bahslarida ishtirok etgan Otabek Qo‘chqorov va Gulchiroy Esonboyeva juftligi kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, para akademik eshkak eshish bo‘yicha to‘rt kishilik qayiqda o‘tkazilgan bahslarda ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F41 klassida disk uloqtirish bahslarida qatnashgan Madina Muxtorova 19.55 metr natija bilan bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida T11 klassida 400 metrga yugurish bahslarida ishtirok etgan Asila Mirzayorova 1:01:37 daqiqa natija bilan bronza medalni egasiga aylandi. Ta’kidlash lozimki, bu uning joriy Para Osiyo o‘yinlaridagi uchinchi medali hisoblanadi.

Shu tariqa O‘zbekiston uchun Para Osiyo o‘yinlari nihoyasiga yetdi. O‘zbekistonlik para sportchilar umumiy hisobda 79 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ulardan 25 tasi oltin, 24 tasi kumush va 30 tasi esa bronza medal bo‘ldi. O‘zbekiston ushbu o‘yinni 8-o‘rinda yakunladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Para Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing