O‘zbekiston U-23 jamoasining Ispaniya va Misrga qarshi qaydnomasi e’lon qilindi
Sport
−
10 Oktabr 2023 7180 1 daqiqa
Joriy yilning 13-16 oktyabr kunlari futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 jamoasi Toshkentda Ispaniya va Misrga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi. Jamoa bosh murabbiyi Temur Kapadze o‘rtoqlik o‘yinlariga jalb qilingan futbolchilarning ro‘yxatini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yaqindagina Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilgan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan futbolchilarning aksariyati Ispaniya va Misrga qarshi o‘yinlar qaydnomasiga kiritilgan.

Shuningdek, qaydnomada Osiyo o‘yinlarida ishtirok etmagan Rossiyaning “Rubin” klubi a’zosi Umarali Rahmonaliyevni ham ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston U-23 dastlab 13 oktyabr kuni Ispaniyaga, 16 oktyabr kuni esa Misrga qarshi Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida saf tortadi. Har ikki o‘yin 19:00 da start oladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr