Ronalduning klubi marhum futbolçining oilasiga mablağ xayriya qiladi

Sport

−

image

25 foiz aksiyalari Kriştianu Ronalduga tegişli bölgan Ispaniyaning “Almeriya” klubi hujumçi Xesus de Migelning fojiali ölimidan söng “Tenerife”ga qarşi uçraşuvdan tuşadigan barça mablağni futbolçining oilasiga xayriya qilişga qaror qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Klub rasmiy bayonotga köra, 2027 yil 11 aprel kuni bölib ötişi belgilangan Ispaniya Segundasining 34-turidan örin olgan bahs uçun çiptalar savdosidan tuşgan mablağ marhum futbolçining yaqinlariga topşiriladi.

Uşbu taşabbus klub prezidenti Muhammad Al-Xeraji tomonidan ilgari surilgan.

“Almeriya” öz bayonotida bunday oğir damda hamjihatlik va özaro qöllab-quvvatlaş futbol jamoatçiligining eng muhim qadriyatlaridan biri ekanini bildirgan. Şuningdek, agar vaziyat imkon bersa, klub marhum futbolçining oilasini uçraşuvga taklif qiliş niyatida.

Eslatib ötamiz, 30 yoşli Xesus de Migel “Tenerife” safida “Andorra”ga qarşi ötkazilgan uçraşuv yakunida raqib darvozaboni Xesus Ovono bilan töqnaşib ketganidan söng şifoxonaga olib ketilgan va keyinçalik vafot etgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing