O‘zbekiston U-20 jamoasing Osiyo kubogidagi o‘yinlari sanasi e’lon qilindi

Sport

image

Joriy yilning 1-18 mart kunlari O‘zbekistonda futbol bo‘yicha U-20 Osiyo chempionati bahslari o‘tkaziladi. Toshkent va Farg‘ona shaharlarida bo‘lib o‘tadigan ushbu musobaqada 16 ta jamoa qit’a birinchiligi va Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi “A” guruhida Suriya,Iroq va Indoneziya terma jamoalari bilan kuch sinashadi. Ravshan Haydarov shogirdlari dastlabki turda suriyalik tengqurlariga qarshi maydonga tushadi. Bahs 1 mart kuni “Bunyodkor” stadionida o‘tkaziladi.

4 mart kuni O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Iroqqa qarshi bahs olib borsa, 7 mart kuni Farg‘onada Indoneziya jamoasi bilan hisob-kitob qilib oladi. Guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar pley-off yo‘llanmasiga ega chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo kubogi O'zbekiston U-20

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing