O‘zbekiston U-20 Urugvay yoshlariga imkoniyatni boy berdi
Sport
−
07 Sentabr 2022 4474 1 daqiqa
Urugvayda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida “Maldonado Cup” o‘rtoqlik musobaqasiga start berildi. Bugun, 7 sentyabr (Urugvay vaqti bilan 6 sentyabr) kuni O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi urugvaylik tengqurlariga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Birinchi bo‘limning dastlabki daqiqalaridan mezbonlar ustunlikni qo‘lga oldi. 7-daqiqaga kelib, Renzo Sanches burchak zarbasidan so‘ng hisobni ochdi.
19-daqiqada Ignasio Lema O‘zbekiston U-20 terma jamoasi darvozasiga ikkinchi to‘pni yo‘lladi. Shundan so‘ng, o‘zbekistonlik yoshlar ham hujumdagi faollikni oshirdi. Nodir Abdurazzoqov 34-daqiqada hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi.
42 daqiqaga kelib, O‘zbekiston terma jamoasi darvozasi tomon 11 metrli jarima zarbasi belgilandi. Fabritsio Dias penaltidan unumli foydalanib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi – 3:1. Ikkinchi taymda tomonlar qanchalik harakat qilishmasin boshqa gol kiritilmadi.
“Maldonado Cup” (U-20) 1-tur.
Urugvay – O‘zbekiston 3:1.
“Domingo Burgenyo Migel” stadioni. Maldonado
Gollar: Renzo Sanches 7, Ignasio Lema 19, Fabritsio Dias (pen) 42 – Nodir Abdurazzoqov 34.
O‘zbekiston U-20: Humoyunshoh Sayyodov, Izzat Po‘latov, Saidafzalxon Ahrorov, Abubakr Ashurov, Diyor Ortiqboyev, Jahongir O‘rozov, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Behruz Asqarov, Umarali Rahmonaliyev, Nodir Abdurazzoqov, Aziz Xolmurodov.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025