O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etdi
Sport
−
16 fevral 2025 8470 1 daqiqa
Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi ikkinchi turida O‘zbekiston terma jamoasi indoneziyalik tengqurlarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Farhod Nishonov boshchiligidagi jamoa ikkinchi turda Indoneziyani mag‘lub etgan holda ochkolar sonini 6 taga yetkazib oldi va “S” guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi o‘yin guruh yetakchisi Eronga qarshi bo‘ladi. Hozircha eronlik yoshlar guruhda 6 ochko to‘pladi va to‘plar nisbati bo‘yicha O‘zbekistonni ortda qoldirmoqda. Uchinchi tur o‘yinlari 19 fevral kuni o‘tkaziladi.
Live
Barchasi