O‘zbekiston U-20 Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi

Sport

image

Bugun,15 mart kuni O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha U-20 Osiyo chempionatining yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 

Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Janubiy Koreya bahsining asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha daqiqalarda ham hisob o‘zgarmagach penaltilar seriyasiga murojaat qilindi.

Seriyada O‘zbekiston posboni raqibning 3 ta zarbasini qaytarib, mezbonlar g‘alabasini ta’minladi.

U-20 Osiyo chempionatining finalida O‘zbekiston Iroq bilan kuch sinashadi.

Osiyo Kubogi U-20 | 1/2 final

O‘zbekiston 0:0  Janubiy Koreya 

Penaltilar bo‘yicha - 3:1


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo chempionati O'zbekiston U-20 Bunyodkor stadioni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made