O‘zbekiston U-20 ayollar jamoasi Osiyo kubogida achinarli natija qayd etdi

Sport

image

Ayni kunlarda Toshkent shahrida futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasida Osiyo kubogi bahslari o‘tkazilmoqda. Bugun, 9 mart kuni mezbon O‘zbekiston jamoasi guruh bosqichining oxirgi tur o‘yinida ishtirok etdi.

Janubiy Koreyalik futbolchi qizlar bilan bahs olib borgan mezbonlar yirik 13:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Koreyaliklar raqiblari darvozasiga 1-taymda 6 ta, 2-bo‘limda esa 7 ta to‘p kiritishni uddasidan chiqdi.

Bungacha O‘zbekiston U-20 jamoasi Xitoy Taypeyi va Avstraliya jamoalariga bir xil 2:0 hisobida yutqazgandi. Shunday qilib mezbon jamoa qit’a birinchiligini golsiz, jami 17 ta qo‘yib yuborilgan gol bilan yakunlaydigan bo‘ldi. “A” guruhidan Avstraliya va Janubiy Koreya jamoalari pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi. “B” guruhida esa faqatgina Yaponiya muddatidan avval guruhdan chiqishni uddalagan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya futbol Osiyo kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing