O‘zbekiston Turkmaniston bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi

Olam

image

O‘zbekiston mudofaa sohasida Turkmaniston bilan hamkorlik qila boshlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 24 sentyabr kuni O‘zbekiston va Turkmaniston Mudofaa vazirliklari o‘rtasida mudofaa sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi.

Ushbu bitim 2023 yil 4 oktyabr kuni Ashxobodda va 2023 yilning 30 oktyabr kuni Toshkentda tuzilgan.

Ma’lumot uchun, 2024 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, mudofaa sohasida O‘zbekiston 145 ta davlat ichida 65-o‘rinda turibdi. Mudofaa uchun mablag‘ ajratish bo‘yicha esa 96-o‘rinda (796 million 398 ming dollar).

Turkmaniston esa 83-o‘rinda turadi. Sohaga mablag‘ yo‘naltirish borasida 94-o‘rinda (859 million 370 ming dollar).

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-7 aprel kunlari Nukus shahrida O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirish, jumladan, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning qo‘shma majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalasi ko‘rib chiqilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing