Dunyoning eng kuchli armiyalari reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston qaysi o‘rinda?

Bu qiziq

image

“Global Firepower“ veb-sayti 19 yildan beri 145 mamlakat armiyasini kuzatib boradi. ”Qaysi armiya dunyodagi eng kuchli?" degan savolga javob berish uchun sayt mutaxassislari qurolli kuchlarning moliyaviy ta’minotidan tortib, logistika va geografik xususiyatlarigacha bo‘lgan 60 dan ortiq mezonlarni o‘rganadilar. 

Jumladan, kecha, 10 yanvar kuni ham 2024 yildagi eng kuchli armiyalar ro‘yxati ochiqlandi. 

Unga ko‘ra, o‘tgan yilgi reytingda kuchli uchlikni egallagan AQSH, Rossiya va Xitoy bu yil ham o‘z pozitsiyasida qolgan. To‘rtinchi o‘rinni esa Xitoy va Pokiston bilan “muammosi bor” Hindiston egallagan.

Kuchli sakkizlikni KXDRning azaliy raqibi Janubiy Koreya, shuningdek, Buyuk Britaniya, Yaponiya, turkiy davlatlar orasida yetakchi bo‘lib turgan Turkiya mos ravishda band etgan. Pokiston va Italiya reytingning ushbu davlatlar ortidan ergashgan.

Mojarolardan boshi chiqmaydigan Eron 11-, Isroil 17-, Ukraina 18-, Tayvan 24-, Shimoliy Koreya 36-o‘rinda ko‘rsatilgan. 

Markaziy Osiyoda esa Qozog‘iston (58) peshqadam bo‘lib, qo‘shni davlat bir yilda reytingda 5 pog‘ona yuqorilagan. O‘zbekiston esa o‘tgan yilgi 62-o‘rnidan 65-pog‘onaga tushib ketgan. Ushbu ro‘yxatda Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar – Turkmaniston (83), Qirg‘iziston (100), Tojikiston (107) va Afg‘onistonning (115) ham harbiy salohiyati chamalangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev mudofaani kuchaytirish bo‘yicha topshiriq bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston armiya Markaziy Osiyo Global Firepower

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing