O‘zbekiston Turkmaniston bilan chegara postlarini ochish mumkin

Jamiyat

image

Kecha, 25 aprel kuni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Annageldi Yazmuradov boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi davomida suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘zbek-turkman hukumatlararo qo‘shma komissiyasining uchinchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbek-turkman hukumatlararo qo‘shma komissiyasining yig‘ilishida Turkmaniston hududida joylashgan O‘zbekiston suv xo‘jaligi ob’ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar uchun “vaxta” rejimini bekor qilish hamda “Tallimarjon-Tallimerdjen” va “Drujba-Gazodjak” chegara postlari faoliyatini qayta tiklash, Amudaryo suv resurslarini birgalikda boshqarish tizimini va ma’lumotlar almashinuvini avtomatlashtirish kabi masalalar muhokama qilingan.

Bundan tashqari, Amudaryo qirg‘oqlarini mustahkamlash va o‘zanlarini to‘g‘rilash orqali suv yo‘qotilishini kamaytirish hamda suvning to‘siqsiz o‘tish choralarini ko‘rish, “Tuyamo‘yin gidrouzeli Sultonsanjar to‘g‘onida suv filtratsiyasiga qarshi devor qurish” hamda “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital qayta tiklash” (Faza-3) loyihalari doirasida jalb etiladigan chet ellik mutaxassislarga Turkmaniston hududiga kirish vizalari berish ko‘rib chiqildi. Ko‘rilgan masalalar yuzasidan bayonnoma imzolangan.

Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini 2024 yilda Turkmanistonning Turkmanobod shahrida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing