O‘zbekiston Tojikistondan elektr energiyasining mavsumiy importi bo‘yicha shartnoma imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tojikistondan elektr energiyasining mavsumiy importi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ikki davlat kompaniyalari 2023 yil may-sentyabr oylarida elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, shu yilning 12 may kuni O‘zbekistonda energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash hamda iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Barki Tochik” kompaniyasi o‘rtasida joriy yilning may-sentyabr oylarida elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari xabar qilishicha, 2018 yildan boshlab Tojikiston Respublikasidan elektr energiyasini import qilish ishlari qayta yo‘lga qo‘yilgan.

  • 2018 yil aprel-sentyabr oylarida 1 480,9 mln kVt/soat hajmda;
  • 2019 yil aprel-oktyabr oylarida 1 425,1 mln kVt/soat hajmda;
  • 2020 yil may-sentyabr oylarida 566,7 mln kVt/soat hajmda import qilingan.

“Barki Tochik” OAXKning 2020 yil 13 iyuldagi xatiga asosan Vaxsh daryosining suvi 50 foizga kamayganligi va buning natijasida Nurek gidroelektr stansiyasi suv omborida suv sathining 2019 yilga nisbatan 10 metrga pasayganligi sababli 2020 yil 16 iyuldan boshlab O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berish qisman to‘xtatilgan edi.

  • 2021 yil may-sentyabr oylarida 1 143,6 mln kVt/soat hajmda;
  • 2022 yil aprel-sentyabr oylarida 823,2 mln kVt/soat hajmda elektr energiyasi import qilindi.

12 may kuni imzolangan shartnomada may-sentyabr oylarida jami 1 285,0 mln kVt/soat hajmda elektr energiyasini import qilish belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Energetika milliy elektr tarmoqlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing