O‘zbekiston Tojikistondan bir yilda $23 mlnlik elektr sotib olgan
Jamiyat
−
02 fevral 2022
2846O‘tgan yilda O‘zbekiston Tojikistondan 23 million dollarga 1 milliard kVt/soat elektr energiyasi sotib olgan. Bu haqda Tojikiston Energetika va suv xo‘jaligi vaziri Daler Juma ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, Tojikiston 2021 yilda xorijga 2020 yilga nisbatan ko‘proq elektr energiyasi eksport qilgan. Bunda mamlakat qariyb 2,5 milliard kVt/soat elektr energiyasi sotgan. Ushbu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 900 million kVt/soatdan ko‘proq.
Ma’lum qilinishicha, resurslarning asosiy qismini O‘zbekiston va Afg‘oniston xarid qilgan. Xususan, Afg‘oniston Tojikistondan 1 milliard kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi sotib olish uchun qariyb 55 mln dollar sarflagan. O‘zbekiston esa 1 milliard kVt/soat elektr energeyasiga 23 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 yanvar kuni Markaziy Osiyo yagona elektr tarmog‘ida yirik avariya yuz bergani sabab O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr yetkazib berishni to‘xtatgandi. Biroq 27 yanvar kuni O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berishni qayta tikladi.
“Konets sveta”
Joriy yilning 25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi.
Keyinroq, qo‘shni mamlakatlar — Qozog‘iston va Qirg‘izistonning qator hududlarida ham elektr energiyasi uzildi. O‘zbekistonda esa barcha aeroportlar faoliyati cheklandi.
O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olma-ota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan.
Qozog‘iston tomoni keyinroq ta’minot tiklangach, uzilish Sirdaryo IES sabab yuz berganini e’lon qildi. Ammo bunga O‘zbekiston tomoni munosabat bildirmadi.
LiveBarchasi