O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr yetkazib berishni to‘xtatdi

Jamiyat

image

Bugun, 25 yanvar kuni Markaziy Osiyo yagona elektr tarmog‘ida yirik avariya yuz bergani sabab O‘zbekiston janubdagi qo‘shnisi Afg‘onistonga elektr yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda TASS xabar qildi.

Nashrning yozishicha, hozir hukumat mahalliy iste’molchilarni energiya bilan ta’minlash masalasini hal qilish bilan band, vaziyat imkon bersa, eksport qayta tiklanadi.

Afg‘onistonning DABS energetika kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy mutaxassislar Qobulni Turkmaniston tomonidan yetkazib beriladigan energiya bilan ta’minlashga muvaffaq bo‘lgan.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, avariya Qozog‘iston hududida sodir bo‘lgan va mamlakat janubiy viloyatlaridan tashqari O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonni o‘z ichiga olgan Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga ta’sir qilgan.

“Konets sveta”

Bugun, 25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Buning ortidan dastlab, Toshkent metropoliteni faoliyati to‘xtatildi, poyezdlarning manzilga yetib borish vaqti kechiktirildi. Elektrdagi uzilish suv ta’minotini ham to‘xtatib qo‘ydi.

Keyinroq, qo‘shni mamlakatlar — Qozog‘iston va Qirg‘izistonning qator hududlarida ham elektr energiyasi uzildi. O‘zbekistonda esa barcha ayeroportlar faoliyati cheklandi.

O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olmaota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan. 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xojikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.

Shuningdek, Toshkent shahrining qator hududlarida yelektr ta’minioti tiklandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

211

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing