O‘zbekiston tomonidan yordam ko‘rsatilgan davlatlar soni yana bittaga oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 11 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasiga do‘stona yordam yubordi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Ushbu yordam koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda ko‘mak berish uchun jo‘natildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan shakllantirilgan yuk tarkibiga tibbiy niqoblar va qo‘lqoplar, himoya kombinezonlari, antiseptiklar va koronavirusga qarshi kurashishda zarur bo‘lgan boshqa tibbiy vositalar kiritilgan.

Do‘stona yordam O‘zbekiston Mudofaa vazirligi samolyotida Minskka jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston tomonidan qator qo‘shni davlatlarga koronavirusga qarshi kurash uchun insonparvarlik yordami jo‘natib kelinmoqda. Masalan, 3 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maxsus farmoniga binoan Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yordami yuborilgan edi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Eron Islom Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risida”gi farmoyishiga ko‘ra, Eronga tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuborildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga ham 1 aprel kuni ming tonna un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda foydalaniladigan bir martalik bosh kiyimli himoya kombinzoni, respirator, qo‘lqop, himoya ko‘zoynagi, pirometr hamda test-sistemalardan iborat insonparvarlik yordamini yubordi.

Aynan shu kuni Afg‘oniston Islom Respublikasiga koronavirus COVID-19 infeksiyasi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy buyumlar va bolalar trikotaj mahsulotlari ko‘rinishida insonparvarlik yordami yuborildi. 

Shuningdek, joriy yilning 9 aprel kuni O‘zbekiston Tojikistonga ham koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga ko‘maklashish uchun insonparvarlik yordami ko‘rsatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tojikiston O'zbekiston Eron Xitoy Qirg'iziston

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made