O‘zbekiston TIV Shimoliy Koreyaning kosmik raketa uchirganidan xavotir bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi kecha, 31 may kuni Shimoliy Koreya tomonidan tashuvchi kosmik raketa uchirilganidan xavotir bildirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabarida keltirilgan.

Tashqi ishlar vazirligining qayd etishicha, ushbu holat Koreya yarim orolidagi keskinlikning yanada kuchayishiga olib keladi. 

“BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq ommaviy qirg‘in qurollarining barcha turlarini sinovdan o‘tkazishdan bosh tortilishi tarafdorimiz. O‘zbekiston tomoni bundan keyin ham umumiy farovonlik va taraqqiyot yo‘lida Koreya yarim orolida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faol qadamlarni qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya 31 may kuni Yaponiyaning Okinava oroli tomon birinchi razvedka sun’iy yo‘ldoshi bilan raketa uchirgandi. Ammo KXDR ma’muriyati sun’iy yo‘ldoshni uchirish muvaffaqiyatsiz bo‘lganini tan oldi. Bunga sabab raketa dvigatellari ishidagi muammolar va yoqilg‘ining beqarorligi bo‘lgani keltirildi.

Vashington ma’muriyatining fikricha, Shimoliy Koreyaning raketa tashuvchi uchirilishi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va undan tashqarida vaziyatni beqarorlashtirish xavfini oshiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya O'zbekiston TIV

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing