O‘zbekiston TIV rahbari Saudiya va qo‘shni davlatlar elchilarini qabul qildi
Jamiyat
−
25 mart
2996Bugun, 25 mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, vazir Qozog‘iston elchisi Beybut Atamkulov bilan O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish yuzasidan fikr almashgan.
Tojikiston elchisi Abdujabbor Rahmonzoda bilan oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak muloqotlar jadvali, iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish va o‘zaro manfaat kasb etadigan ko‘plab sohalarda qo‘shma istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishga e’tibor qaratilgan.
Tashqi ishlar vazirligida Turkmaniston elchisi Shadurdi Meredov bilan tobora kengayib borayotgan ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorligimizga doir qator mavzular, mamlakatlar o‘rtasida avval erishilgan kelishuvlar ijrosi, shuningdek, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar kun tartibidan o‘rin egallagan.
Saudiya Arabistoni elchisi Yusuf al-Utaybiy janoblari bilan uchrashuv chog‘ida siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri va boshqa bir qator siyosatchilar ta’ziya bildirish uchun Rossiya elchixonasiga borgan edi.
LiveBarchasi