Shveysariyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
17:31 489 1 daqiqa
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariya Konfederatsiyasining mamlakatdagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Simon Gigerning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yanada faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan. Tomonlar sanoat kooperatsiyasi va yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalariga ham alohida e’tibor qaratgan.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi ta’kidlangan.
Uchrashuv yakunida Baxtiyor Saidov yangi elchiga mas’uliyatli diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilab, O‘zbekiston – Shveysariya munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasining mamlakatdagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Mudassir Tipuning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilgandi.
Live
Barchasi