O‘zbekiston terma jamoasining keyingi ikki o‘yiniga hakamlar tayinlandi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida Qatar va KXDR terma jamoalariga qarshi safar uchrashuvlarida ishtirok etadi. “Oq bo‘rilar”ning bo‘lajak o‘yinlarida Janubiy Koreya va quvaytlik hakamlar ishlaydi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi ma’lum qildi.

Qatar-O‘zbekiston uchrashuvida koreyalik hakamlar brigadasi faoliyat olib boradi. Bosh hakam Kim Jongheok, unga qanotlarda yurtdoshlari Park Kyunyong va Jang Jongpil yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam sifatida Chae Sangheop qayd etildi. VAR’da esa Kim Heegon faoliyat olib boradi.

Uchrashuv 14 noyabr Toshkent vaqti bilan 21:15 da “Jassim bin Hamad” stadionida start oladi.

KXDRga qarshi safar uchrashuvi Laos poytaxti Ventyan shahrida o‘tkaziladi. Mazkur o‘yinda quvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam Ali Ali Ahmad, unga yurtdoshlari Alanezi Abdulhadi va Abbos Ahmad yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam Ammar Ashkanani hisoblanadi. VAR’da esa Abulloh Jamali faoliyat olib boradi.

KXDR-O‘zbekiston uchrashuvi 19 noyabr Toshkent vaqti bilan 17:00 da “Lao” stadionida boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Qatar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing