O‘zbekiston terma jamoasining boks bo‘yicha JCHdagi bayroqdori aniq bo‘ldi
Sport
−
24 Oktabr 2021
3576Bugun, 24 oktyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining ochilish marosimi o‘tkaziladi va unda Lazizbek Mullajonov O‘zbekiston bayroqdori bo‘ladi
Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da mundialning tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi.
Ochilish marosimida har bir mamlakat terma jamoasi vakillari o‘z mamlakati bayrog‘ini ko‘tarib chiqadi. O‘zbekiston terma jamoasida ushbu vazifa eng og‘ir vaznli bokschi Lazizbek Mullajonovga ishonib topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkibda (13 ta vazn toifasi) bahslarda ishtirok etadi.
48 kg:
Nodirjon Mirzahmedov
51 kg:
Hasanboy Do‘smatov
54 kg:
Shahobiddin Zoirov
57 kg:
Mirazizbek Mirzahalilov
60 kg:
Abdumalik Xalakov
63,5 kg:
Mujibullo Tursunov
67 kg:
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
71 kg:
Shahram G‘iyosov
75 kg:
Saidjamshid Jafarov
80 kg:
Odiljon Aslonov
86 kg:
Shohjahon Abdullayev
92 kg:
Madiyor Saidrahimov
+92 kg:
Lazizbek Mullajonov
Ma’lumot uchun, JCHga AIBA tomonidan dunyo boks olami yulduzlari, hususan Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov ham mehmon sifatida taklif etilgan.
LiveBarchasi