“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ishga kiritish uchun 2,4 ming dollar olgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Kecha, 4 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida fuqaroni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ishga kiritib qo‘yish uchun 2,4 ming AQSH dollari olayotgan tuman Transport bo‘limi xodimi ushlandi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qamashi tumani “Yangi” qishlog‘ida yashovchi K.J. Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U murojaatida Qamashi tumani Transport bo‘limida ishlovchi “Q.Sh.” ismli shaxs “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadiga ishga kirgizishni va’da qilib, evaziga 2 400 AQSH dollari so‘rayotganini bildirgan.

Arizaga muvofiq tezkor xodimlar tomonidan “Nazorat ostida olish” tezkor tadbirio‘tkazilgan. Unda1965 y.t. Qamashi tumani Loyqasoy qishlog‘ida yashovchi Q.Sh. Qamashi temir yo‘l bekatining 77 kmda temir yo‘l kesishmasining yonida joylashgan “Hunarmand” savdo majmuasi atrofida shartli xaridor sifatida ishtirok etgan K.J.dan oldindan kelishib olingan 2 400 AQSH dollari miqdorida pul va shartli xaridorga tegishli fuqarolik pasporti hamda harbiy guvohnomani olgan vaqtida qo‘lga olingan va hujjatlashtirilgan.

Ushbu holat yuzasidan Transportda XTB tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2 - qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qamashi

Baholaganlar

516

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing