O‘zbekiston tashqi qarz limitini 5,5 mlrd dollargacha oshiryapti

Jamiyat

image

2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish bo‘yicha imzolanadigan yangi shartnomalarning chegaralangan hajmi 5,5 mlrd AQSH dollari etib belgilanyapti. Bu haqda “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi. Bu haqda quyi palata Matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunga taklif etilayotgan o‘zgartishga ko‘ra, 2020 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish bo‘yicha imzolanadigan yangi shartnomalarning chegaralangan hajmi 5,5 mlrd AQSH dollari, shundan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash va loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2,5 mlrd AQSH dollarigacha miqdorida belgilanishi taklif etilgan.

“Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari pandemiya davrida ijtimoiy sohani moliyalashtirishga, mamlakatdagi ehtiyojmand aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlashdi”, deyiladi Qonunchilik palatasi xabarida.

Aniqlashtiruvchi savol-javoblardan so‘ng fraksiya a’zolari “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ma’qulladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i 20,8 milliard dollar ekvivalenti yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,8 foizni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

qarz

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing