O‘zbekiston tarixida ilk bor DXX Call-markazi ishga tushdi

Jamiyat

image

Davlat xavfsizlik xizmati vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor ravishda qabul qilish maqsadida Call-markaz faoliyat yurita boshladi. Bu haqda DXXning o‘zi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sall-markazga 1520 qisqa raqami orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Qayd etilishicha, markaz quyidagi masalalar yuzasidan murojaatlarni qabul qiladi:

O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga bo‘lgan tajovuzlar haqida;

Davlat chegarasini qo‘riqlanishi va himoya qilinishiga bo‘ladigan tahdidlar;

Qurolli Kuchlar va mudofaa-sanoat majmuasida davlat xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar;

terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoiy guruhlarga oid;

qurol-yarog‘, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga doir jinoyatlar haqida;

davlat manfaatlariga tahdid soluvchi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar yuzasidan;

milliy, etnik va diniy adovatni targ‘ib etish;

davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga doir boshqa axborotlar.

Shu bilan birga, Jinoyat-protsessual kodeksining 345-moddasida (jinoyat ishining tergovga tegishliligi) belgilab qo‘yilgan va tergovi DXX vakolatiga kiritilgan Jinoyat kodeksining 150- (urushni targ‘ib qilish) 163- (davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo‘qotish), 182- (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish), 223- (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish), 246- (kontrabanda)moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinishi ham aytib o‘tilgan.

“Murojaat qilgan fuqarolarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, shu kunga qadar Davlat xavfsizlik xizmatiga murojaat qiladigan ma’lum bir Call-markazi mavjud bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat xavfsizlik xizmati Call-markazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing