O‘zbekiston tarixida Eldordan yaxshi hujumchi bo‘lmagan – Masharipov

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov terma jamoa sardori va Italiyaning “Spetsiya” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi.

“Eldor O‘zbekistonning eng kuchli hujumchisi. Men bilgan hujumchilar orasida u eng zo‘ri. O‘zbekiston tarixida Eldordan yaxshi hujumchi bo‘lmagan. Ha Geynrix bo‘lgan, lekin uning uslubi boshqacha edi. Terma jamoada ham Shomurodovga to‘pni uzatganimizda, u to‘pni o‘zida yaxshi saqlab, tezlikda raqiblaridan o‘zib ketadi. Boshqa hujumchilarning tezligi bo‘lsa, texnik kamchiliklari bor yoki texnikasi yaxshi bo‘lsa tezligi yo‘q. Eldorda esa ikki xususiyat ham yaxshi shakllangan. Eldorning o‘zi yaxshi bola”, deydi Masharipov.

Joriy mavsum Shomurodov A Seriyada umumiy 17 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. U mavsumning aksariyat qismida “Roma” zaxirasida qolib ketdi. Ayni vaqtda “Transfermarkt” portali Shomurodovning qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Masharipov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing